Xonandalar Tamila va Amiraning taxalluslari prodyuserlik kompaniyasi tomonidan olib qo`yildi
Maestro" firmasi rahbari, prodyuser Najot Agzamov uning ijodiy qaramog`ida bo`lgan uch xonanda Tamila, Amira Alibekova va Yagonalar bilan shartnomalarni bekor qilgani xaqida rasman e`lon qildi. Bu haqda “Sayyod.com”xabar bermoqda.
“Tamila va Amira Alibekova loyixalari shatrnoma muddati tugagani munosabati bilan to`xtatildi. Ularning ‘Maestro’ orqali berilgan taxalluslari xamda barcha qo`shiqlari firma zahirasida qoladi. Faqatgina Yagonaning taxallusi va ‘Maestro’ bilan shartnoma davrida yozilgan qo`shiqlaridan foydalanish huquqi unga beriladi” — dedi Najot Agzamov.