Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yagona kimga ishonch bildirmoqda

San’atimizning sho‘x va shaddod xonandalaridan biri Yagona yaqindagina yangi tarona va videoklipini taqdim etgan bo‘lishiga qaramay, bugun “O‘zbegim Taronasi” radiosi orqali navbatdagi kompozisiyasi tinglovchilar hukmiga havola qilindi. Muxlislar tomonidan iliq qarshi olingan taronaga qator ijobiy fikr va mulohazalar bildirildi. “Ishonaman” deb nomlangan musiqiy asar Vagif Zokirovning g‘oyasi va musiqasi bilan yaratilgan. So‘zi esa Nodir Azimovga tegishli. Aranjirovkasi ustida Jasur Abdurahmonov ishlagan. Qo‘shiqda musiqalar 100 foiz jonli chalingan. Unda skripka, bas gitara, elektro-gitara, baraban va soz chaluvchilaridan iborat orkestr jamoasi qatnashgan.

Kompozisiya  uzoq vaqt davomida yozilgan.  Bu qo‘shiq oddiy qo‘shiq emas. U yangi janrda. Taronaga videoklip klipmeyker Jasur Shametov bilan hamkorlikda tasvirga olinishi ko‘zda tutilgan.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3308 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yagona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное