“O‘zbektelekom” barcha provayderlar uchun yagona tarif belgiladi
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2017-yil 18-avgust kunidan boshlab «O‘zbektelekom» paketli kommutatsiya Xalqaro markazi (PKXM) orqali internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlariga iste’mol qilingan kanallar sig‘imidan qat’iy nazar, har oy, har bir 1 Mbit /s. uchun 61,00 AQSh dollari miqdorida yagona tariflar belgilanishi haqida ma’lum qildi.
To‘lovlar to‘lov amalga oshiriladigan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.