“O‘zbektelekom” 11-iyundan O‘zbekiston internet-provayderlari uchun tashqi kanalga sekundiga 1 megabit tezlikda ulanish bo‘yicha internet xizmatlari narxini 306 dollar 4 sentgacha arzonlashtirdi.
Kompaniyaning qayd etishicha, 2014-yil hisobidan provayderlar uchun internet-xizmatlari narxi birinchi marta arzonlashtirildi.
Taqqoslash uchun, 2013-yilda bu xizmatlar besh marta – yanvar, fevral, iyun, avgust va dekabr oylarida 409 dollardan 322 dollargacha arzonlashtirilgan edi.
2012-yilda esa narxlar yetti marta arzonlashtirilgan edi. 2012-yil yanvarida sekundiga 1 megabit tezlikda tashqi kanalga ulanish narxi 500 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida 422 dollargacha arzonlashgandi.