O‘zbektelekom stasionar aloqa abonentlari uchun yangi tariflar joriy etdi
«O‘zbektelekom» AK 2016 yil 1 yanvardan telefon aloqa xizmatlari uchun yangi qo‘shimcha «Shahar», «Viloyat» va «Respublika» tarif rejalarini amalga kiritdi. Bu haqda «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi tarif rejalari abonentlarga telefon tarmog‘idan kiritilgan limit doirasida shahar, viloyat yoki butun O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlaridan foydalanish imkonini beradi. Bunda «O‘zbektelekom» AK tarmog‘i ichidagi kiritilgan limitga «O‘zbektelekom» AK UzMobile filiali GSM va CDMA tarmog‘iga chiqish qo‘ng‘iroqlari ham kiradi.
Bundan tashqari, barcha tarif rejalarida kiritilgan limitda O‘zbekistondagi boshqa aloqa operatorlari tarmog‘ida chiqish qo‘ng‘iroqlari ko‘zda tutilgan.
«Shahar» tarifida bir oylik abonent to‘lovi 10 ming, «Viloyat» tarifida 15 ming va «Respublika» tarifida 25 ming so‘mni tashkil qiladi. Kiritilgan limitdan ortiq har 1 minut so‘zlashuv shahar (tuman) bo‘yicha – 9 so‘m, viloyat bo‘yicha – 25 so‘m, respublika bo‘yicha – 65 so‘m miqdorida narxlanadi.
Barcha yangi tarif rejalarida kirish qo‘ng‘iroqlari – bepul. Yangi tarif rejalari bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.