“O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflarini pasaytirdi
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yil 17-martdan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 233,27 dollargacha pasaytirganini e’lon qildi.
Joriy yilda tariflar 6 marta: 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun 259,29 dollargacha, 7-yanvardan 257,42 dollar, 8-yanvardan 253,74 dollar, 22-yanvardan 251,94 dollar, 27-fevraldan 240,2 dollar, 17-martdan 233,27 dollargacha arzonlashtirildi.