«O‘zbektelekom»: tarif 56 ming so‘mgacha pasayadi!
Bugun, 24 dekabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Kompaniya 2019 yilda qilingan ishlar va 2020 yil rejalari haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.
Ma’lumot berilishicha, 2019 yil davomida kompaniyaning Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan provayder va operatorlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/s. uchun 85 ming so‘mdan 75 ming so‘mgacha (17 foizga) arzonlashtirilgandi. 2020 yilning 1 yanvaridan esa mazkur tarif 56 ming so‘mgacha (20 foiz) pasayishi kutilmoqda!