Internetda tarqalgan behayo video qahramoni xonanda Tamilami?
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qizning odob-axloqqa zid, ibo-hayodan yiroq, sharq ayollariga xos bo‘lmagan ko‘rinishdagi video tasvirlari tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qizning odob-axloqqa zid, ibo-hayodan yiroq, sharq ayollariga xos bo‘lmagan ko‘rinishdagi video tasvirlari tarqaldi. Internet foydalanuvchilari video qahramonining qiyofasi xonanda Tamilaga o‘xshashini aytmoqda. Whatsapp, Telegram kabi messenjerlarda ushbu video muhokamasi bugun tongdan kun mavzusiga aylandi.
“Qalampir.uz” jamoasi internet orqali tarqalgan videotasvirlar yuzasidan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga murojaat qildi. Birlashma rahbariyati video tasvirlar bo‘yicha tekshiruv ishlarini olib borayotgani, agar videodagi qiz haqiqatan ham xonanda Tamila bo‘lib chiqsa, unga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Ammo "Sayyod.Com" sayti raxbari Sardor Karimov Tamila bilan bog'langanda: Shu videoda o‘zi ekanligini tan oldi. Biroq ikkinchi video emas dedi. Shu tan olganidagi videoni qanday izoxlashini so‘raganimda esa “Xech qanday” dedi. Axir qandaydir qilib izox berish kerakku deganimda esa "Yo‘q, xechqanday qilib izoxlay olmayman" deb telefondagi muloqotga nuqta qo‘ydi.
Ertaga mabodo tonishlar bo‘lib qolsa suxbat yozib olingan va u ushbu ikki xolat videosiga qo‘shilgan, deb qo'shimcha qiladi Sardor Karimov.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan xonanda Tamilaga berilgan lisenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi 498-sonli qarori hamda lisenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi uchun 2015 yilning 1 iyulidan e’tiboran to‘xtatilgan edi. O‘tgan yilning 24 noyabrida esa xonandaning lisenziyasi yana qaytarib berildi. Qiziq, agar videodagi qiz rostan ham Tamila bo‘lib chiqsa, bu gal “O‘zbeknavo” unga qanday chora ko‘rarkin? Xalqimizda shahar bedarvoza emas, degan purma’no naql bor. San’atkorman, madaniyat vakiliman deb bong urayotgan, aslida esa madaniyatdan yiroq, ma’naviyatga begona bo‘lgan aksariyat “san’atkor”lar shaxsiy hayotlaridagi xatti-harakatlari bilan muxlislarda, ayniqsa, yoshlarda qanday taassurot uyg‘otayotganlarini o‘ylab ko‘rsalar yomon bo‘lmasdi. Azal-azaldan san’at insonlarni go‘zallik tomon yetaklab, ularning ma’naviyatini yuksaltirishga, musiqa, tasviriy san’at, adabiyotga oshno bo‘lishga undagan. Endichi? Ba’zi san’atkorlarimiz o‘z vazifalarini unutib qo‘ymadimi?