O‘ziga xos obrazlar yaratishdan qo‘rqmaydigan jozibali xonanda Tamiladan tez kunda yangi videoklip premerasi. Yaqindagina xonandaning radioto‘lqinlar uzra premera qilingan "Zolim" nomli qo‘shig‘i tinglovchilar tomonidan iliq qarshi olingani barchaga ma’lum. Xonanda muxlislarini xushnud etish maqsadida mazkur qo‘shiqqa klip suratga oldirdi.
Unda Tamilani butunlay yangicha obrazlarda ko‘rishingiz mumkin. Klipmeyker Dilmurod Turdiboyev tomonidan suratga olingan klip mistika janriga asoslangan. Raqslar bo‘yicha xoreograf Narimon Grigoryan bilan hamkorlikda ishlandi. Obrazlarni yaratishda stilist Artyom Drobishev yaqindan yordam berdi.
Videomahsulot tez kunda tayyor bo‘ladi va siz uni saytimiz orqali birinchilar qatorida tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.