Xonanda Shahnozabonu 14-mart, dushanba kuni tongda vafot etdi. Bu haqda xonandaning tutingan ukasi, klipmeyker Orif Fayziyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“So‘nggi kunlarda ob-havo noqulay kelgani sabab, ahvollari juda og‘irlashgan edi. Boshlarida o‘simta bor edi. Operatsiya qilishgan edi, yaxshi chiqqandilar. Ammo ob-havo yomon bo‘lgani bois, ikki kundan beri ahvollari og‘irlashib qolgan edi”, — dedi Orif Fayziyev.
“Qalampir.uz”ning yozishicha, xonanda 1974-yilda tavallud topgan, 2000-yillarning boshida esa “Qizalog‘im”, “Do‘st”, “Qizg‘onaman” kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.
“Yaqindagina xonandaning otasi bilan uchrashgan edik. ‘Qizimni Xudo qaytarib berdi. Juda og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Betob bo‘lib, shifokorga murojaat qilmay yuravergan ekan’, degan edi boyaqish”, — deb yozadi “Qalampir.uz”.