Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari People's Daily nashrida chop etilgan xitoylik ayolning suratlarini muhokama qilishdi. Ayol Pekindagi bog‘lardan biridagi, chuqurligi 2,5 metr keladigan muzdek ko‘lga tushib ketgan iPhone 5 smartfoni ortidan o‘ylab-netmay o‘zini kiyim-piyimi bilan suvga tashlagan.
Bu voqea 18 fevralda, havo harorati -2-9 daraja sovuq bo‘lganda yuz berdi. Bu holat tasvirlangan feysbukda chop etilgan suratlarga qoldirilgan izohlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar ayolning aqlsizligi va gadjet uchun o‘z hayotini xatar ostiga qo‘yganini qoralashgan.
Bundan bir necha kun avval cho‘kayotgan bolani qutqarish uchun Guychjoudagi muzdek ko‘lga o‘zini tashlagan ayol Xitoy OAVlari qahramoniga aylangandi.