Xitoyning Yanszi daryosida 1 iyun kuni kechqurun 458 kishidan iborat “Sharq yulduzi” deya nom olgan kema cho‘kib ketdi. Teploxod Szyansu sharqiy provinsiyasi poytaxti Nankindan, janubi-g‘arbga Chunsin shahriga yo‘l olgan.
«Sinxua» agentligining xabar berishicha, kemaning cho‘kishiga kuchli dovulgan duch kelgani sabab bo‘lgan. Qutilib qolishning uddasidan chiqqan kema kapitani va bosh muhandisining so‘zlariga ko‘ra, kema juda tez fursatlarda ikki daqiqada suv ostiga g‘arq bo‘lgan.
Bu esa ekipajga halokat signalini berishga vaqt ham qoldirmagan. Halokat sodir bo‘lgan joydagi daryoning chuqurligi 15 metr, kemaning balandligi — 11 metr. Qutqaruvchilar halokat joyini vizual tarzda aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Suv ostida ag‘darilgan teploxodning aksi ko‘rinib turardi.
Xitoy OAVlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kema haddan ortiq to‘la bo‘lmagan unda barcha yo‘lovchilar uchun yetarli qutqaruv jiletlari bo‘lgan. The Guardian nashrning yozishicha, halokat tez sodir bo‘lganligi sabab cho‘kayotgan yo‘lovchilar hatto qutqaru jiletlarini olishga ham ulgurishmagan.
Bortda asosan sayyohlar bo‘lganligi sababli qurbonlarning yaqinlari agentliklarga tashlanishgan, shundan so‘ng Shanxay polisiyasi aralashishga majbur bo‘ldi. Ular bortda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarning ro‘yhatini taqdim etishni talab etishmoqda.
Kema bortida 47 nafar ekipaj ae’zosi va 405 nafar yo‘lovchi va 5 nafar sayyohlik agentliklari xodimlari bo‘lgan.
Kema Szyanli shahri hududida cho‘kan. Halokat Xitoy vaqti bilan soat 21:28 da sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruv guruhining ishi yomg‘ir va kuchli yomg‘ir oqibatila qiyinlashgan.
Halokat joyida qutqaruv ishlarini 34 ta qutqaruv kemalari olib borishdi. Bundan tashqari, qutqaruvchilarga ko‘plab baliq ovlovchi qayiqlar ham yordam berish uchun yetib kelishdi.
Xitoy Xalq respublikasi Davlat kengashi boshlig‘i Li Kesyan shaxsan qutqaruv operatsiyasiga boshchilik qildi. XXR raisi Si Szinpin bo‘lib o‘tgan hodisani Xitoy yangi tarixidagi eng katta fojea deya atadi.
Cho‘kkanlarning barchasi Xitoy fuqarolari bo‘lib, ular orasida asosan keksalar bo‘lgan.
Turli manbalar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kemada bo‘lgan 20 nafargacha odam qutqarib olinishga muvaffaq bo‘lgan.
400 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deya ro‘yhatga olingan.
«Sharq yulduzi» — 2,2 ming tonnagacha suv sig‘imiga ega unchalik katta bo‘lmagan kruiz layneridir. Uning uzunligi 76,5 metr, balandligi — 11 metrdan iborat. Kema Chongqing Eastern Shipping Corporation kompaniyasiga tegishli.