O‘zbekiston Xalq artistlari klubi a’zolari, Respublikamiz bo‘ylab, barcha viloyat, tumanlardagi musiqa va san’at maktablariga biriktirilgani haqida xabaringiz bor...
El suygan san’atkorlar hududlardagi o‘quv ishlari bilan yaqindan tanishib, ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarga o‘z maslahatlarni berishyapti.
Mazkur an’anani davom ettirgan holda, O‘zbekiston Xalq artistlari Klubi Raisi, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov hamda, O‘zbekistondan xalq artisti Farrux Zokirov, G‘ulomjon Yoqubov bilan birgalikda Olmazor tumanidagi 25-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, yosh iqtidor egalari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida, bolalarning ijodi haqida gaplashib, qaysi yo‘nalishda ta’lim olayotganlariga qarab, suhbat o‘tkazishdi.