Vladimir Putin O‘zbekistondagi loyihalarni muhokama qildi
Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan uchrashuvda kompaniya O‘zbekistondagi yangi kon ustida ish olib borishini ma’lum qildi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentining tashrifi davomida bizning investitsiyalar haqida gap ketdi va biz bugungi kunda yangi konni ishga tushirishga tayyorlayapmiz.
Men “Gazprom” “O‘zbekneftgaz” bilan gaz sotib olish bo‘yicha kelishib olganidan xursandman, negaki “Gazprom” yetkazib beradigan gazning bir qismi “Lukoyl” ishlab chiqargan gaz bo‘ladi.