«Via Marokand» guruhining lisenziyasi to‘xtatib qo‘yildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a’zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz’iy kamchiliklar bo‘lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi.
"Biroq, guruh a’zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan “VIA Maroqand” guruhi a’zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan lisenziyalar joriy yilning 29 may kunidan to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz", - deyilgan muassasa rasmiy bildirishida.