Qisqa fursatda xalqimiz mehrini qozongan Via Marokand muxlislarini ishonchini oqlash niyatida tinimsiz yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. Shunga qaramay ular yana bir katta imtixon arafasida! Guruh prodyuseri Javlon Shodmonovning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil aprel oyida Via Marokand ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishadi. Ayni damda ular bu dastur ustida tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda. Mazkur konsert dasturi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni sizlarga keyingi yangiliklarimiz orqali xabardor qilamiz. Bu hali hammasi emas. Via Marokand ustoz san’atkor Farrux Zokirovning "Torimni ajab siri bor" qo‘shig‘ini yangicha talqinda ijro qilishdi. Hozirda ushbu qo‘shiq ustida qizg‘in ish olib borilmoqda. Tarona uchun tez kunda videoklip ham suratga olinadi. Tasvirga tushirish jarayonidan reportajni kutib qoling.