Vashington shtatidagi to‘g‘onda portlash yuz berdi
AQShning Vashington shtati hududidan oqib o‘tuvchi Kolumbiya daryosi yo‘liga qurilgan to‘g‘onda portlash solir bo‘lgan va bir necha kishi bu hodisa tufayli tan jarohatlari olgan.
Mahalliy OAVlarning xabarlariga ko‘ra, bunga elektr ta’minotidagi nosozlik sabab bo‘lgan.
Ushbu hodisadan jabrlanganlar Prist Repids (Priest Rapids) xodimlari ekani aytilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 6 nafarini shifoxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelgan.