Turkiya poytaxti Anqarada kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda, Agence France-Presse agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
CNN Turk telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash davlat televideniyesi binosida yuz bergan.
16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar bayonotiga ko‘ra, ular mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an FaceTime orqali aloqaga chiqib, hali ham qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni ekanini ma’lum qildi va odamlarni maydonlarga chiqishga chaqirdi.