Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Kuz ertagi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Pazanda - Sad Love
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Samomiy Ishq-soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uxlash oldidan telefonni yotog‘ingizdagi javonga qo‘ymang, chunki...


Ko‘pchilik uxlash oldidan sevimli smartfonini yotoq oldidagi javonga qo‘yadi. Bu joydan telefonni olish, xabarlarni o‘qish qulay-da! Biroq mutaxassislar telefonni yotoq oldidagi javondan “quvg‘in” qilishni tavsiya etishadi. Nima uchun?

Elektromagnit nurlanish
Atrofimizni o‘rab turgan barcha zamonaviy qurilmalar elektromagnit nurlar manbayi hisoblanadi. Shu jumladan, telefon ham... Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti smartfonlarni zararli konserogen (rak chaqiruvchi) omillar ro‘yxatiga kiritgan. Uyqu oldidan hadeb telefon titkilayverish uyqusizlikka, ta’sirchanlik, ko‘ngil aynishi va bosh aylanishiga olib keladi.
Shu sabab, telefonni uxlash vaqtida tanaga yaqin joyda saqlamay – yarim metr uzoqlikka qo‘yish lozim.

Uyqusizlik
Amerikalik professor Rassel Jonson telefon insonning uyqu tizimini ishdan chiqaradi, deb hisoblaydi. Negaki, odam tunda ham barcha diqqat-e’tiborini telefoniga qaratishi sabab, organizm to‘laqonli dam olishga ulgurmaydi.
Tiniqib uxlamagan odamning fikrlash qobiliyati buziladi, kayfiyati tushib boradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uxlashning surunkali buzilishi avtohalokatga olib keluvchi omillardan biridir.

Tasirchanlikning ortishi
Smartfonlarning inson ruhiyatiga va xatti-harakatlariga ta’siri ortdi. Amerikalik olimlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Amerikaning 60 foiz aholisi telefoni bilan birga uxlaydi. Ularning yarmidan ko‘pi ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarni tekshirgachgina uyquga ketadi (10 foizi esa kechasi telefonini tekshirish uchun bir necha marta uyg‘onadi). Bunday odamlar gadjetsiz uxlashni tasavvur ham qila olishmaydi.
Ko‘z ostingizdan telefonning yo‘qolib qolishi salomatligingiz bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarga sabab bo‘ladi. Negaki, bu holat bosh miyaga “telefonsiz qoldingiz” degan signalni yuboradi. Bunday qo‘rquv turi tibbiyotda “nomofobiya” deb ataladi va mutaxassislar nazoratida davolaniladi.

Bosh miya faoliyatining buzilishi
Zamonaviy mobil qurilmalar paydo bo‘lib, oddiy “budilnik”lar ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Telefondagi “budilnik”ni besh, o‘ng, yigirma daqiqaga ortga surish va ozgina bo‘lsa-da uxlab olish imkoniyati bor. Qarabsizki, odam hozir turaman deb yana-da ko‘proq uxlashga harakat qiladi.
Mutaxassislarning fikricha, bunday holat ham salomatlik uchun zararli. Chunki uyg‘ongan vaqtda organizmning faolligiga javobgar bo‘lgan dofamin gormoni ishlab chiqarila boshlaydi. Ushbu gormon barcha hayotiy muhim a’zolar faoliyatini quvvatlantirib, tanani kundalik ishlarga sozlaydi. Budilnik chalinishi bilan uyg‘onmasdan, uxlashda davom etaverish sabab dofamin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi, tanani bo‘shashtiruvchi serotonin gormoning ajralishi davom etadi. Bu holatning surunkali davom etishi bosh miya faoliyatini izdan chiqaradi. Diqqat qilish, jismoniy faollik pasayadi. Shu sabab, yotoq oldidagi javonga telefonni emas, oddiygina “budilnik”ni qo‘ygan ma’qul.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3624 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chunki, telefon, javonga qo‘ymang, Uxlash oldi, yotog‘ingizda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное