30 mart kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag'ishlangan videoselektor o'tkazdi.
Videoselektorda ishtirok etgan «Kun.uz» manbasining ma`lumot berishicha, Majlisda prezident televideniye faoliyatiga to'xtalgan. Televideniye faoliyati tanqid qilingan va tizimni o'zgartirish kerakligi ta`kidlangan. Bu sohada ahvol «eski hammom, eski tos» bo'lib qolayotgani aytilgan.
«O'zbekiston» va «Yoshlar» telekanali nomlari tilga olib o'tilgan.
«Ura-urachilik zamoni o'tdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish kerak. Odam ko'rsatuvlarni sog'inib kutishi kerak. «Axborot» ko'rsatuvini o'zgartirishimiz kerak», degan prezident