Ulug‘bek Rahmatullaevning muxlisi soxta chipta bilan qo‘lga olindi
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning konsertiga oshiqayotgan muxlisning qo‘lidagi chipta nazorat chog‘ida soxta ekanligi aniqlandi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, nazoratchilar chiptani tekshirayotganida uning soxtaligi ma’lum bo‘lgan. Unga “Istalgan vaqtda faqat bir marta tashrif buyurasiz” degan yozuvning tushirilgani ayniqsa shubhali bo‘lgan.
Keyingi surishtiruvdan ma’lum bo‘lishicha, muxlis bu chiptani qo‘ldan sotib olgan hamda uning soxtaligini payqmagan.
Muammo qanday hal qilingani haqida nashr axborot bermadi.