Ulug‘bek Rahmatullaev Yulduzlik kasali bilan qanday kurashishini aytdi
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga jamoat transporti, xususan metroda tushgan suratlarini tez-tez joylashtiradi.
“7x7” gazetasi xonandaning jamoat transportidan qanchalik muntazam ravishda foydalanishi bilan qiziqdi.
“Imkon tug‘ilganda, albatta metroga tushaman. O‘g‘lim Fayzulloh menga hamroh bo‘lyapti. Ochig‘i metroda yurishni juda yaxshi ko‘raman. Mashinam bo‘lmagan paytlarda o‘qish, turli yumushlarga faqat metroda qatnardim”,—deydi xonanda.
Gazeta muxbirining “Nega metroda yurganingizda ko‘zoynak va yuzni to‘sib turuvchi kepka kiymaysiz?” degan savoliga xonanda:
“Kimdan yashirinaman? O‘z muxlislarim va hamyurtlarimdanmi? Buning nima keragi bor? San’atkor hamma qatori inson. Yulduzlik kasalidan himoyalanish uchun ham xalq orasida oddiy inson bo‘lib yuraman”,—deya javob berdi.