O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev yangi qo‘shig‘i “Qizim”ga klip suratga oldi...
Klipmeyker Yodgor Nosirov bilan hamkorlikda suratga olinayotgan video ketma-ketlik real vaqealarga asoslangan bo‘lib, unda xonandaning o‘zi ilk bor, bosh qahramon rolini ijro etdi. Uning turmush o‘rtog‘i rolini esa raqqosa Shodiyora Omonova gavdalantirgan.
Ijodkorlar 4 daqiqalik klip davomida 26 yillik hayotni ko‘rsatib berishgan. Tabiiyki, aktyorlarning yoshi va tashqi ko‘rinishi ham yillarga mos tarzda grim yordamida o‘zgartirildi.
Ulug‘bek Rahmatullaev klipning tasvirga olish jarayonida 30-35 yil "qaridi".
Ma’lumot o‘rnida: “Qizim” qo‘shig‘ining musiqasi va she’ri Alisher Tayirga tegishli. Musiqiy bezak muallifi Jasur Badalbaev.