Turkiya hukumati Rossiyani “jiddiy bo‘lmagan davlat” deb atadi
Rossiya ma’nosiz tashviqotlari, asossiz ayblovlari va yolg‘onlari bilan o‘zini “jiddiy bo‘lmagan davlat”dek tutmoqda, deb hisoblamoqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on matbuot kotibi Ibrohim Kalin.
Anadolu agentligining keltirishicha, Rossiya navbatdagi marotaba Turkiya havo kengliklarini buzib kirganidan so‘ng Erdo‘g‘on Putin bilan telefon orqali suhbatlashishga harakat qilgan, biroq Rossiya tomoni bunga javob bermagan.
“Mazkur dalil Rossiyaning mazkur masalalarni biz bilan emas, balki ittifoqchilari, NATO bilan muhokama qilmoqda, degan noroziligining chin yurakdan chiqmayotganini ko‘rsatadi. Bir tomondan Putin Erdo‘g‘on bilan aloqaga chiqishdan qochmoqda, ikkinchi tarafdan biz bilan hech kim bog‘lanmadi, demoqda”, - dedi matbuot kotibi.