Toshkent shahri Sergeli tumani yo‘nalishidagi yangi metro bekati nomi Tojikiston shoiri va respublika Qahramoni Mirzo Tursunzoda sharafiga qo‘yildi
Toshkentda yangi barpo etiladigan metro bekatlardan biriga Tojikiston shoiri va respublika Qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berildi.
Yangi bekat Toshkentdagi Sergeli tumani yo‘nalishida joylashgan.
Ushbu metro yo‘li tarmog‘ini qurilish ishlari olib borilmoqda. 2019 yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, Yunusobod metro yo‘lining 2 ta bekati “Yunusobod” va “Turkiston” qurilishning ikkinchi bosqichi yakunlanish darajasida, yangi yo‘lning estakada uslubida qurilishi boshlandi.
Sergeli aholi turar joyidan 6 ta bekatdan iborat bo‘lgan uzunligi 7,1 km metro yo‘lining birinchi bosqichini topshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yangi metro aylanma yo‘lini loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish 5 bosqichda amalga oshiriladi. Tarmoq yo‘lning umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil qiladi.