Toshkentdagi metroda bir ayol o‘zini poezd ostiga tashladi
19 mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea kuzatildi.
Xabar.uz» nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poezd ostiga o‘zini tashlagan. Zudlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida ayol salomat holatda qutqarib qolingan.
Ayolga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokor va psixolog yetib kelgach, u ayolning stress holatda ekani aniqlangan.