Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qaqnus - Mal De music
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Jumong-soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent gipertezlikdagi jahon metrosi chizmasidan o‘rin oldi



 
Inverse nashri jahonning barcha katta shaharlari orqali o‘tadigan metropoliten chizmasini e’lon qildi. “1news.uz”ning yozishicha, chizmada ko‘rsatilgan shaharlar orasida O‘zbekiston poytaxti Toshkent ham bor.
 
Hyperloop kompaniyasi butunlay yangi transport turi — vakuum poyezdlarini yaratish ustida ishlamoqda. Bunday poyezdlarning yo‘nalishlari metro kabi yer ostidan o‘tadi, biroq yangi transport maxsus vakuumli kapsulalarda juda katta tezlikda harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi.
 
G‘oya muallifi amerikalik milliarder Ilon Mask bo‘lib, u g‘oyani amalga oshirish bo‘yicha hali aniq bir yechimni topa olganicha yo‘q.
 
Joriy yil boshida Inverse nashri innovatsion loyihani rivojlantirish jarayoni haqida hikoya qiluvchi maqolani taqdim etdi. Yaqin besh yil ichida Hyperloop mutaxassislari dastlabki uchta yo‘nalishni qurish uchun mos keluvchi hududni tanlaydi.
 
Keyinroq nashr “Global metroning xaritasi kelajak Hyperloop bilan qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rsatmoqda” nomli maqolani e’lon qildi.
 
Maqolada yozuvchi Mark Oveden tomonidan 2003-yilda, vakuumli poyezdni nazarda tutmagan holda o‘ylab topilgan yo‘nalishlar chizmasi berilgan.
 
Yozuchi o‘z xaritasida metropoliten bo‘lgan va yaqin vaqt ichida metropoliten qurilishi rejalashtirilgan shaharlarni birlashtirgan. Toshkent ham bu xaritadan joy olgan.
E’lon qilingan chizmada Toshkent orqali birdaniga to‘rtta yo‘nalish o‘tishini ko‘rish mumkin.
 
Birinchi yo‘nalish orqali Toshkentdan Xitoy, Yaponiyagacha, ikkinchi yo‘nalish orqali Vyetnam va Hindistonga, uchinchi yo‘nalish orqali Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Isroil, Misrga, to‘rtinchi yo‘nalish orqali esa Qozog‘iston va Rossiyaga borish imkoni mavjud bo‘ladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3758 | Рейтинг: 1| Рейтинг: gipertezlika, metro
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное