Rasman: Pensionerlarning metropolitendan bepul foydalanishlari haqida Qaror tayyorlanmoqda
O`zbekistonda pensionerlarga Toshkent metrosida bepul yurish huquqini beradigan Vazirlar Mahkamasining Qarori tayyorlanmoqda.
Bu haqda “Darakchi plyus” gazetasi “Toshkent metropoliteni” DUKga yuborgan so`rovidan javob topdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahar saylovchilari bilan saylvoldi uchrashuvida keksa avlodni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e`tibor qaratgan edi, xususan, uchrashuvda pensionerlarga soat 10:00 dan 16:00 ga qadar metropolitendan bepul foydalanish huquqi berilishi aytib o`tilgandi.
Oldinga qo`yilgan mazkur masalani echish uchun Toshkent shahar hokimligi hamda mutasaddi vazirliklar tomonidan tegishli qaror tayyorlanmoqda, deydi“Toshkent metropoliteni” DUK vakili.