Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Vazirlar Mahkamasi magistratura to‘g‘risida yangi nizomni tasdiqladi

ut.uz resursida keltirilishicha, O‘zbekistonda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning yangi bir bosqichli tizimiga o‘tilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi magistratura to‘g‘risidagi yangi Nizomni tasdiqladi.
Nizom oliy o‘quv yurtlarida magistrlar tayyorlashning asosiy shartlari va tartibini, magistrlik dissertatsiyalarining mundarijasi va sifatiga bo‘lgan, xalqaro standartlarga asoslangan kriteriylar va talablarni ko‘rsatib beradi.
Magistraturada pedagogik faoliyat olib borishga ilmiy unvonlar (ilmiy darajalar)ga va 3 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) faoliyat stajiga, shuningdek, falsafa doktori hamda chet davlatlarining unga tenglashtirilgan ilmiy darajalariga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb qilinadi.
Nizomda ko‘rsatilishicha, magistrlik dissertatsiyalarining yozilishicha ustidan rahbarlik oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yurituvchi professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, ilmiy unvon va ilmiy darajalarga ega chet ellik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy rahbar magistrlik tadqiqoti olib borilayotgan tashkilotda faoliyat yuritmasa, u holda qo‘shimcha ravishda ilmiy maslahatchi tayinlanadi. Bu ishga tegishli kafedra professor va o‘qituvchilar tarkibidagi pedagoglar jalb qilinishi mumkin. Uning zimmasiga magistrlik dissertatsiyasining sifati uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas’uliyat yuklanadi. Professor va fan doktori bir paytning o‘zida besh nafar, dotsent, fan nomzodi va mutaxassi esa uch nafar talabaning ilmiy ishiga rahbarlik qilishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoya sanasi oliy o‘quv yurti rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan grafik asosida belgilanadi. Dissertatsiyaning rasmiy himoyasi oliy o‘quv yurtidagi Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Himoya 20 daqiqadan ortiq cho‘zilmasligi, unga taqdimot materiallari ilova qilinishi talab etiladi.
Dissertatsiya “qoniqarsiz” bahosini olsa yoki rasmiy himoyaga kiritilmasa, talaba keyingi 3 yil mobaynida uni qaytadan himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.
 Manba:kun.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8180 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: magistratura, Vazirlar Mahkamasi, nizom, Magistrlik dissertatsiyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
nelly96 Rahmat malumot u.n
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное