Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘y haqidagi nizom. Endi nimalar o‘zgaradi?


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis palatalari Kengashlari a’zolari, deputatlar, senatorlar, vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Xabar.uz muxbiri to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga oid o‘zgarishlarni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra endi to‘ylarda 2 san’atkor (guruh) ishtirok etishiga ruxsat beriladi. To‘y korteji esa 3 mashinadan oshmasligi kerak.

Yangi nizom bo‘yicha oilaviy tadbirlar faqat bir kun, soat 06:00dan 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Dafn etish marosimi bundan mustasno. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘yda 250 va u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.

Endi to‘ylarda, kortejda 3 tadan ko‘p mashinaga ruxsat berilmaydi. Pulli avtotransport xizmati esa lisenziyaga ega bo‘lishi shart. Diniy marosimlarda, diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ma’ruzani din idorasining vakolatli vakili o‘qiydi. Ortiqcha xarajat talab etiladigan oilaviy tadbirlardan oldingi va keyingi qo‘shimcha «kelin navkari», «charlar», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish», «ota ko‘rdi» kabi rasm-rusmlarni o‘tkazish taqiqlanadi.

Shuningdek dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq «yetti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «hayit», «yil oshi», «mato ulashish» kabi rasm-rusmlarni o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. Tadbirda ikki nafardan ortiq xonanda yoki guruh ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu nizom 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5160 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘y haqida, nimalar o‘zgaradi, endi, nizom
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное