Oq uyning rasmiy vakili Josh Ernest Vashington va Moskva o‘rtasida Ukraina, Suriya va ba’zi boshqa masalalar bo‘yicha jiddiy qarama-qarshilik mavjudligini, biroq “sovuq urush” ikki superdavlat – AQSh va Sobiq ittifoq o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lgani, Rossiya esa endi superdavlat emas ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma’lum qildi.
“O‘rtamizda jiddiy kelishmovchiliklar borligiga shubha yo‘q, ayniqsa Ukraina va Suriya masalasida”, deb aytdi Ernest. Ernest “sovuq urush” ikkita superdavlatning qarama-qarshiligi bilan tavsiflanganini ta’kidlab o‘tdi.
Uning aytishicha, hozir vaziyat boshqacha, chunki “Rossiya endi superdavlat emas”.