Kiyevda pensioner ayol 5-qavatdan sakrab, tirik qoldi
Kiyevning Desnyansk tumanida turar joyning beshinchi qavatida joylashgan xonadon derazasidan mahalliy fuqaro - pensioner ayol o‘zini tashladi, deya xabar bermoqda“Segodnya.ua”. Ayolni oyoq-qo‘llari bir necha joydan singan holda kasalxonaga yetkazishdi. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, hozir uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Kampirning u bilan birga yashaydigan o‘g‘li huquqni himoya qilish organlariga onasi ruhiy xastalikdan azob chekishini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z joniga qasd qilish haqida ko‘p bora gap ochgan.
Ayol hayot bilan vidolashishga qaror qilib, o‘limi oldidan maktub ham qoldirgan, unda hech kimdan gumon qilmaslik va hech kimni ayblamaslikni so‘ragan.