Fransiyaning sharqiy metro stansiyalaridan birida homilador yo‘lovchi farzand dunyoga keltirdi. Hodisa Ark de Triumf liniyasi bilan bog‘langan Glas’er metro stansiyasida sodir bo‘lgan. “Euronews” bergan xabarga ko‘ra, stansiyada yo‘lovchi ayolning qorin sohasida qattiq og‘riq turgan. Natijada voqea joyida katta shovqin yuzaga kelgan. Yo‘lovchilar orasida shifokor ham bor bo‘lgan.
Chaqaloq metroning o‘zida shifokor yordami bilan dunyoga kelgan. Bola dunyoga kelishi bilanoq, tez tibbiy yordam yetib kelgan va ularni shahar shifoxonasiga yetkazgan. Chaqaloqqa shifoxonaning o‘zida Usmon deb ism qo‘yishgan. Shahar transport xizmati ko‘rstagan yordami uchun shifokorga minnatdorchiligini yo‘llagan.
Metroda dunyoga kelgan chaqaloqqa esa 25 yoshga kirgunga qadar shahar transportidan bepul foydalanish huquqi berilgan.
Ma’lumot uchun aytish joizki, Usmon Parij metrosida dunyoga kelgan ilk chaqaloq emas. Bundan oldin ham shunday holat joriy yilning iyul oyida sodir bo‘lgandi. Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni “Pekin–Toshkent” yo‘nalishida uchgan samolyot bortida O‘zbekiston fuqarosi beshinchi farzandini dunyoga keltirdi.