Toshkentda 7 kunlik chaqalog‘ini tashlab ketgan ona qidirilmoqda
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 12 fevral kuni soat 14:00 larda Osiyo millatiga mansub, 17-20 yoshlardagi noma’lum ayol Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan Markaziy dorixona oldida turgan N.M. va A.A.ning yoniga kelib, 3-7 kunlik sog‘lom qiz bola chaqaloqni ularga berib, voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, chaqaloqning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan.