“Toshkent” telekanali ijodiy jamoasi detektiv janridagi “Tugun” nomli yangi milliy serialni tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Daryo”ga kanal mutasaddilari ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan ushbu serialning hozirda oxirgi montaj ishlari olib borilmoqda.
24 qismli ushbu serialdan 5 ta alohida film o‘rin olgan. Har bir filmning o‘z tuguni, yechimi bor. Voqealar sodir bo‘lgan real fakt va dalillar asosida yoritilgan. Jinoyatga jazo muqarrarligi sud va tergov materiallariga tayangan holda ko‘rsatib berilgan.
Serialda Erkin Komilov, Gavhar Zokirova, Muqaddas Xoliqova, Muhammadali Abduqunduzov, Ubaydulla Omon kabi taniqli san’atkorlar va yosh aktyorlar ishtirok etgan.
Umumiy hisobda 200 ga yaqin aktyor qatnashgan “Tugun” milliy seriali noyabr oyida “Toshkent” telekanalida namoyish etiladi.