Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Tolibon” vakili mamlakatdagi elektr uzilishlarida O‘zbekistonni aybladi
Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi vakili Hikmatulla Mayvandi O‘zbekiston elektr tarmog‘idagi muammolar tufayli u Qobul oldidagi shartnoma majburiyatlarini vaqtincha bajara olmaganini ma’lum qildi. Uning videomurojaatini Afg‘oniston matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Twitter'dagi sahifasiga joylagan.

Mayvandiga ko‘ra, “Tolibon” ichki quvvatni oshirish, shu jumladan, Afg‘oniston issiqlik elektr stansiyasini qayta ishga tushirish orqali energiya tanqisligini qoplashga harakat qilmoqda. Davlat muassasalarining energiya sarfini kamaytirish va bo‘shatilgan resursni turar joy binolariga yo‘naltirishga va’da berilmoqda.

Ma’lumot uchun, Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) – mustaqil va avtonom kompaniya bo‘lib, Afg‘onistonning “Korporatsiyalar va cheklangan javobgarlik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq tashkil etilgan. DABS mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lib, barcha aksiyalari Afg‘oniston hukumatiga tegishli. 

Kompaniya 2008 yil 4 mayda tashkil etilgan. DABS butun Afg‘oniston bo‘ylab elektr energiyasini ishlab chiqarish, import qilish, uzatish va taqsimlashni tijorat asosida boshqaradi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1577 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vakili, uzilishlarida, O‘zbekiston, Tolibon, mamlakatdagi, elektr, aybladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное