Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Tolibon” jangarilari O‘zbekistonga chegaradosh hududga hujum qilishdi


21 aprel kuni Afg‘onistonning Balx provinsiyasi ma’muriy markazi Mozori Sharifda joylashgan qurolli kuchlar korpusiga qurollangan bir guruh kimsalar hujum qilishdi. Jangarilar shtab hududiga kirishga urinishgan. Mazkur voqea oqibatida Afg‘oniston milliy armiyasining 8 nafar harbiysi vafot etdi. O‘ndan ortiq ofitserlar va askarlar yaralanishdi.
 
Balx provinsiyasi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lib, Afg‘onistonning eng tinch hududlaridan biri hisoblanar edi.
 
Mahalliy OAVlarda yozilishicha, kunning ikkinchi yarmida jangarilardan biri granatomyotdan shtab tomon o‘q uzgan. Keyin yana 3 bosqinchi politsiya mashinasida harbiy hududga kirib, atrofga qarata avtomat quroldan o‘q uzishni boshlagan.
 
Afg‘oniston Mudofaa vaziri Davlat Vaziriyning aytishicha, jangarilarning biri qo‘lga olingan, 2 nafari javob o‘qi tufayli jon bergan. Mazkur bosqinchilik harakatini “Tolibon” jangarilari amalga oshirgani aniqlandi.
 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4540 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tolibon jangarilar, Afg‘oniston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное