Afg‘onistonda bugun, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan yer qimirlashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 100 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Pajwak agentligi.
Shuningdek, Pokistonda 20 kishi halok bo‘lgani, 300 kishi jarohat olgani ma’lum qilindi.
Ilgari xabar qilinganidek, zilzila O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham sezildi. Jumladan, Toshkent shahrida 4-5 magnitudali yer silkinishlari kuzatildi.