Rossiya Afg‘onistonga harbiy yordam ko‘rsatishi mumkin
Rossiya Afg‘onistonga harbiy yordam ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, TIV ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov bergan ma’lumotga qaraganda, bu sohada ishlayotgan mutaxassislar tez orada aniq xulosalarini aytadi.
Uning ta’kidlashicha, gap aviatexnika, harbiy vertolyotlar va boshqa harbiy jihozlar yetkazib berish haqida ketmoqda.