Tojikistonda onlayn to‘ylar ommalashmoqda. Bu haqda Newsru.com sayti xabar bermoqda.
Tojikistonning chorak aholisi chet elda mehnat muhojirligida kun ko‘rmoqda. Ishlashga ketgan yigitlar ayrim hollarda uylanish uchun vatanlariga qaytishni ortiqcha chiqim deb bilmoqda. Shu bois to‘y marosimlari Skype videochati orqali amalga oshirilishi urf bo‘lmoqda.
Liberty radiosining xabar qilishicha, yuqori texnologiyalar rivoji bilan maqtana olmaydigan ushbu mamlakat yoshlari, shunga qaramay, o‘z hayotlarini tartibga solishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga harakat qilmoqda. Ilgari SMS-xabarlar orqali ajrashishlar an’ana tusiga kirgan bo‘lsa, endilikda Skype orqali nikoh qurish urf bo‘lmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 1.2 mln tojikistonlik mehnat qilmoqda.