Tojikiston mobil operatorlari SMS xizmatini to‘liq tikladi
Tojikiston mobil operatorlari SMS xizmatini to‘liq tikladi. Bu haqda Asia Plus resursi xabar bermoqda.
6 sentabr kuni abonentlari uchun SMS-xabarlar xizmati o‘chirib qo‘yilgan edi. Bu isyonchi general Abduhalim Nazarzoda guruhiga qarshi o‘tkazilayotgan operatsiya bilan bog‘langan edi. 16 sentabr kuni operatsiya yakunlandi.
Kecha barcha operatorlar texnik SMS xizmatini qaytadan ishga tushirgan edi, ya’ni mijozlar hisobini tekshirishi, o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida axborot olishi mumkin edi. Bugun esa SMS xizmati to‘liq tiklanangani aytilmoqda.