To‘yni ortiqcha dabdababozlik bilan o‘tkazib baxt qasrini qurib bo‘lmaydi. Ayniqsa, yo‘l harakatiga halal berib, ko‘chalarni to‘ldirib to‘y kortejlarida yurish yoshlarning baxtini belgilamaydi.
Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati eslatma berdi:
Mototsikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi 669 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 1 mln 115 ming so‘m miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish:
yo‘lovchiga nisbatan 223 ming so‘m;
haydovchiga nisbatan 2 mln 230 ming jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, haydovchiga nisbatan 4 mln 460 ming so‘m miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.