Farangiz Rejametova vafot etgan YTH qanday sodir bo‘lgan edi?
Xabaringiz bor, joriy yilning 20 iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) og‘ir yo‘l-transport hodisasi sabab 25 yoshida olamdan ko‘z yumdi.
Ushbu YTH qanday sodir bo‘lgani haqida turli gap-so‘zlar tarqaldi. Kimdir shu kuni Farangizning tug‘ilgan kuni ekan, dedi. Yana boshqa birov umuman haqiqatdan yiroq bo‘lgan gaplarni o‘ylab topdi. Voqeaning aslida qanday bo‘lgani esa Yaratganga va o‘sha kuni Farangizning yonida bo‘lganlarga ayon. Ulardan biri marhumaning eng yaqin dugonasi Dilnoza Bobomirzayeva.
“Farangiz ko‘p sirlarini men bilan bo‘lishardi. Ming afsuski, vafotiga ham guvoh bo‘ldim”, deydi Dilnoza Bobomirzayeva.
“Qalampir.uz” Dilnoza Bobomirzayevani topib, u bilan aloqaga chiqdi, intervyu oldi. Xo‘sh, voqea aslida qanday sodir bo‘ldi. Piyodalar o‘tish yo‘lagida boshqalar qolib, nega aynan Farangizni avtomobil urib yubordi. Tez yordam yordamga keldimi? Voqeaning chin guvohi bo‘lgan YPX qaerda? Nega ularni topib bo‘lmayapti?
Tez orada ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz. Saytimizni kuzatib boring.