Samarqandda haydovchi uxlab qolib YTH sodir etdi. Qurbonlar bor
Samarqandda haydovchi uxlab qolishi oqibatida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 23 fevral kuni soat 04:20 larda Oqdaryo tumanida Lacetti mashinasi haydovchisi uxlab qolgan. U boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk avtomobili tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.
Oqibatda haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.