Billi Bob Tornton YTH oqibatida boshini yorib oldi
Amerikalik aktyor Billi Bob Tornton avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida boshini yorib oldi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
YTH 30-oktabr, juma kuni yuz bergan. Aktyor tez tibbiy yordam mashinasida Los-Anjelesdagi kasalxonaga olib kelingan. Hodisa haqida endi xabar berildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil to‘qnashgan vaqtda, Tornton yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lgan. Qayd etishlaricha, aktyor jiddiy jarohat olmagan va shu sababli shu kunning o‘zidayoq suratga olish maydonchasiga qaytgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yilning yanvarida Kanadaning Monrealida “Yomon Santa” komediyasining ikkinchi qismini suratga olish ishlari boshlanishi kerak, mazkur filmda Tornton bosh rolni ijro etgan.