Keniyada universitetga hujum qilinishi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi
Keniyadagi universitetlardan biriga hujum qilinishi oqibatida 70 kishi halok bo‘ldi, 80 ga yaqin kishi yaralandi. Bu haqda Agence France-Presse tvitterida xabar bermoqda.
Bu haqda Keniya Ichki ishlar vaziri ma’lum qildi. Avvalroq halok bo‘lganlar soni 15 kishini tashkil qilgani aytilgandi. Shuningdek, Keniya hukumati universitetga hujum uyushtirgan bosqinchining boshiga 215 ming dollar mukofot puli e’lon qildi.
Yana bir necha yuzlab talabalarning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda, hozir ular kampusning xonalaridan birida asirlikda ushlab turilibdilar. Ikkita bosqinchi yo‘q qilingani ta’kidlanmoqda.