Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududidahavo haroratining keskin pasayishi, ko`p miqdorda qor yog`ishi va yo`llarda muzlamalar hosil bo`lishi munosabati bilan quyidagi ehtiyot choralarini ko`rishingizni so`raydi:
- xonadonlarni isitishda pechlar va boshqa isitish uskunalarining sozligiga e`tibor qarating;
- mo`rikonlarni tozaligi va to`g`ri o`rnatilishini qat`iy nazoratga oling;
- gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmang;
- ko`chaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyining;
- muzlama hosil bo`lgan yo`laklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini ko`ring;
- yo`llarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko`ring;
- bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil bo`ladigan joylardan ehtiyot bo`ling.
O`zbekiston Respublikasi FVV
Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi