Voronejlik ayolning uyida rozetkadan “qon oqmoqda” (Video)
Rossiyaning Voronej shahrida yashovchi ayolning uyida rozetkadan qonga o`xshash suyuqlik oqdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Ayolning aytishicha XUJMSh xodimlari mazkur vaziyatga oydinlik kiritolmadi. Santexnik va elektrik ham hamma xonadonlarni aylanib, suyuqlik qaerdan oqayotganligini aniqlay olmadi.
Shundan keyin ayol FVV va polisiyaga murojaat qildi, ammo ular ham bu holatga javob topisha olmadi. Suyuqlikning hidi badbo`y bo`lgani uchun har ehtimolga qarshi havodan namuna olindi, lekin bu namunada ham hech qanday o`zgarish aniqlanmadi. Shundan keyin ayol mazkur hodisani izohlab berish uchun tabiatni muhofaza qilish xodimlariga qo`ng`iroq qildi. Endi barcha savollarga ular javob topishiga umid qilamiz.