Video: Toshkentdagi restoranlardan biri olov ichida qoldi
Toshkent shahridagi restoranlardan birida yong'in kelib chiqdi. Facebook ijtimoiy tarmog'idagi «Voditeli Tashkenta» guruhi foydalanuvchilari voqea joyida olingan fotosuratlarni tarqatishmoqda. Tarmoqda bu Shota Rustaveli ko'chasida Grand Mir mehmonxonasi yonida joylashgan «Manas» restorani ekani aytilmoqda.
Yong'in oqibatida binoga yondosh joylashgan xususiy uy zararlangan.
Voqea sabablari hozircha ma`lum emas. Jabrlanganlar va talofatlar haqida ham ma`lumotlar yo'q.
O'zbekiston IIV saytida ham, FVV saytida ham bu yong'in haqida ma`lumot yo'q.
Yakkasaroy tumani yong'in xavfsizligini ta`minlash bo'limi ma`lumotiga ko'ra, yong'in oqibatida shu restoran yonidagi golf-klub va xususiy uyga ham zarar yetgan.