Eng mashhur messenjerlardan biri bo‘lgan Telegram gif formatli rasmlarni qo‘shish tartibiga o‘zgartirish kiritdi.
Endi ularni maxsus @gif boti orqali topish mumkin. Gif rasmlar yuklanishi ham avvalgidan ancha tezlashdi va ular ortiqcha tugma bosishlarisiz ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi oxirgi qo‘shilgan rasmlarni stiker oldida joylashgan yacheyka orqali topishi mumkin.
Bundan tashqari messenjer foydalanuvchilari o‘z xabarlaridagi matn ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun @bold komandasidan foydalanish kerak bo‘ladi.